Trapetsiyaning yuzi

O’zbekiston Respublikasi

Хаlq tа’limi vazirligi

Namangan vilovati xalq ta’limi boshqarmasi

Uchqo’rg’on tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 43-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika fani o’qituvchisi

Hakimova Marhabo Jo’rahanovnaning

8-sinf uchun Geometriya fanidan tayyorlagan 1-soatlik dars ishlanmasi

Mavzu: “Trapetsiyaning yuzi.

Uchqo’rg’on-2020

Mavzu: Trapetsiyaning yuzi.

Matematika fanlar ichra shoh

Uning sirlaridan bo`lingiz ogoh

Qori Niyoziy

a)Ta`limiy maqsad:

O`quvchilarning geometriya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish,trapetsiyaning yuzinini topish haqida tushuncha berish.

b)Tarbiyaviy maqsad:

O`quvchilarda ahloqiy, g`oyaviy-siyosiy estetik tarbiya berish, jamoatchilik hamda shaxsiy mas`uliyatni his qilish ruhida tarbiyalash, ajdodlarimiz o`g`itlariga amal qilish ularni vatanga bo`lgan muhabbatini oshirish. O`quvchilarni jamoa fikriga quloq solishga o`rgatish.

d)Rivojlantiruvchi maqsad:

O`quvchila trapetsiyaning yuzini topish formulasini masalalar yechishda qo`llashga o`rgatish, malaka va ko`nikmalarini oshirish, tez va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, o`quvchilarni ijobiy va mustaqil fikrlashga o`rgatish.Matematik savodxonlik fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish, mantiqiy tahil.

Dars turi: Yangi tushuncha

Dars uslubi: Noan`aviy usul:Savol –Javob, muammoli savollar bilan o`quvchilarni izlanish, fikrlashga undovchi usullar, guruhlar bilan ishlash.

Darsning jihozi: Mavzuga oid chizmalar, tarqatma materiallar, allomalar suratlari ular haqidagi ma`lumotlar, slaydlar, test materiallari, texnika vositalari, o`quv qurollar

Darsning rejasi:

Kirish:

1.Salomatlashish.

2.Ma`naviyat daqiqasini o`tkazish.

3.Guruhlarga bo`lish va nomlash.

Asosiy qism:

1.O`tilgan mavzuni takrorlash:

a) O`quvchilar bilan tezkor savol-javoblar. b)Testlar bilan ishlash. c)Uyga topshiriqni tekshirish.

2. Yangi mavzu bayoni:

a)Trapetsiya haqida qisqacha ma`lumot berish.

b)Trapetsiyaning yuzini topish formulasini keltirib chiqarish.

c)Trapetsiyaning yuzi o`rta chizig`i va balandligining ko`paytmasiga teng.

3.Mavzuni mustahkamlash:a)Masalalar yechish. b)”Domino” o`yini. c)Testlar yechish.

4.Xulosa.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: 1.Salomlashish

2.O’quvchilar davomatini tekshirish

3. Shu kungi tabiatdagi va ob-havodagi o’zgarishlar,bahor faslidagi milliy bayramlarimiz haqida nutq o’stiruvchi savol javob qilish

4. Inson salomatligini saqlash har bir kishining o’ziga bog’liq shuning uchun tozalikka rioya qilish, sinf honasini tozaligini saqlashni tushuntirish.

Chang inson salomatligi uchun zararli ekanliligini o’quvchilar ongiga yetkazish ekalogiyani tabiatni asrashni tushuntirish.

Dars qoidalari:

1.Intizom 2.Erkin fikrlash 3. Fikr almashish

4. Vaqt 5. Faollik 6.Yangiliklar 7. Rag’batlantirish

-O’qituvchi: Demak biz qoidalarni ishlab chiqdik shu qoidalarga o’zimiz amal qilamiz .

-Juda yaxshi o’quvchilar hozir darsimiz nima?

-Hozir darsimiz geometriya.

-Juda yaxshi, ma’lumki geometriya fani juda uzoq tarixga borib taqaladi. Bu fanga o’tmishda ota bobolarimiz yuksak mehr muhabbat bilan qarashgan

Masalan:Al – Xorazmiy,Umar xayyom,Al- beruniy Ibn – sino va Qori- Niyoziy shular jumlasidandir, Bu allomalarimiz bergan o’gitlariga asoslanib, biz geometriya ilmini chuqur o’rganib bormoqdamiz.

Al -Xorazmiy (783-850)

A bu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy Xorazmda taxminan 783-yilda tug’ilgan. Al-Xorazmiy «Al-jabr va al-muqobala haqida qisqa kitob» asari bilan algebra faniga asos soldi. Shu asar tufayli olim nomining lotincha shaklida «algoritm» termini paydo bo’lgan. Al-Xorazmiy Bag’doddagi «Bayt ul-bikma» (Donishmandlar uyi)da rasadxona, kutubxona va barcha ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik qildi. Al-Xorazmiyning 10 ta asari bizgacha yetib kelgan: 1. «Hind hisobi haqida» (Fi hisab al-hind).

Abu Nasr Forobiy

(873-950)

Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ ibn Tarxon Forobiy 873-yilda Forobda tug’ilgan. Forobiy «Fozil shahari aholisi fikri», «Astrologiya bo’yicha izohlar», «Hajm va miqdor haqida kitob», «Isbotlashning shartlari haqida kitob», «Fazo geometriyasiga kirish haqida qisqacha kitob» kabi 160 dan ziyod asar yaratgan, lekin bizga 40 ga yaqini yetib kelgan.

Mirzo Ulug’bek

(1394-1449)

Mirzo Ulug’bek (asl ismi Muhammad Tarag’ay) 1394-yil 22- martda tug’ilgan. Ulug’bek yirik olim bo’lib yetishdi va mashhur matematik, astronom olimlarni o’z atrofiga to’plab, ilmiy maktab tashkil etdi. Uning rahbarligida 1424-1428-yillari Samarqand yaqinida joylashgan Obi Rahmat arig’i yonidagi Ko’bak tepaligida astronomik rasadxona qurilgan. Ulug’bekning yunon va o’zidan oldin o’tgan vatandosh olimlarning asarlarini o’rganishi Samarqandda «Astronomiya maktabi»ning vujudga kelishiga sabab bo’ldi.

J amshid Koshiy

(1385-1430)

G’iyosiddin Jamshid Koshiy 1385-yili Koshon shahrida (Tehron va Isfaxon shaharlari oralig’ida) tug’ilgan. Ulug’bek taklifi bilan 1417-yilda Sarnarqandga keladi. Jamshid Koshiy matematika sohasida uchta, astronomiya sohasida o’nta asar yozgan. Jamshid Koshiy «Arifmetika kaliti», «Aylana haqida risola», «Vatar va sinus haqida risola», «Hoqoniy astronomiya jadvallari», «Osmon narvoni», «Usturlab yasash haqida risola», «Ziji G’iyosiddin Jamshid» kabi asarlarni yaratdi.

Aziz o`quvchilar mana buyuk bobokolonlarimizni bir eslab oldik, endi darsimizni sahifasiga o`tamiz.Bugungi darsimizni musobaqa tarzida o`tkazsak.

Sinfni ikki guruhga ajratamiz. Guruhlarga o`quvchilar o`zlari nom tanlaydilar.

1.Guruh: Trapetsiya. 2.Guruh: Romb.

O`quvchilar guruhlarga ajratilgandan so`ng ular quyidagi shartlar bilan bellashadilar.

1.O`tilgan mavzu yuzasidan savollar.

2.Testlar bilan ishlash.

3.Mantiqiy masalalar.

4.Uyga berilgan topshiriqlarni tekshirish.

5.Yangi mavzuni mustahkamlashga doir masalalar yechish

O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

I.O`tilgan mavzu yuzasidan savollar.

“Trapetsiya”guruhiga savollar.

1.Trapetsiya nima?Trapetsiyaning qanday turlari mavjud?

2.Trapetsiya balandligi qanday bo’ladi? 3. 3 xil ko’rinishdagi trapetsiya chizing. 4.Trapetsiya diagonallarini chizing va tushuntir 5. Trapetsiya diagonallarini chizing va tushuntiring. 6. Trapetsiyaning o’rta chizig’i haqida ayting

“Romb”guruhiga savollar. 1.Romb nima? 2.Romb diagonallarining xossasini ayting. 3.Rombning balandliklari qanday bo’ladi? 4.Rombning diagonallari qanday uchburchaklar hosil qiladi? 5.Rombning burchaklari haqida ayting 6.Romb chizing, uning oerimetri haqida ayting.

II.Testlar bilan ishlash.

“Trapetsiya” guruhiga testlar

1.Parallelogramm burchaklaridan biri ikkinchisidan 30 ga katta. Uning katta burchagini toping.

A.75 B.150 D.105 E.60

2.To`g`ri to`rtburchakning eni 5 ga teng bo`yi undan 7ga ortiq,shu to`g`ri to`rtburchakni perimetrini toping.

A.34 B.32 D.26 E.30

3.Rombning yuzi 40 sm2 ga uning perimetri esa 20 sm ga teng. Shu rombni balandligini toping.

A.2sm B.8sm D.4sm E.16sm

“Romb” guruhiga testlar.

1.Ikkita burchagining yig`indisi 100 ga teng bo`lgan parallelogramning katta burchagini toping.

A.100 B.110 D.130 E.150

2.Parallelogrammning ikki tomoni nisbati 3:7 ga, uning perimetri esa 18 sm ga teng shu parallelogrammning kichik tomonini toping.

A.2.7sm B.5.4sm D.3.4sm E.4.5 sm

3.Qavariq to`rtburchakning dioganallari o`zaro perpendikular hamda uzunliklari 7sm va 8sm ga teng.Shu to`rtburchakni yuzini toping.

A.56sm2 B.112sm2 D.28sm2 E.84sm2

lll.Guruhlarga masalalar

1-masala. Parallelogrammning bir tomoni 8 sm va perimetri 40 sm ga teng. Agar 8 sm li tomonga tushirilgan balandlik 6 sm bo’lsa, boshqa balandligini toping.

B erilgan: CD=8 sm S= 8*6=48
P=40 sm AD=(40-16)/2=12

BF=6 sm S= AD*BE

BE= S/AD BE=48:12=4 2-masala. Teng yonli uchburchakning asosiga tushirilgan balandli 5 sm, yon tomoni 7 sm va perimetri 22 sm bo’lsa, Uchburchak yuzini toping.

B erilgan:
BD= 5 sm AC=22-(7+7)=8
AB=BC=7 sm S=1/2*8*5=20
IV Uyga berilgan topshiriqlarni tekshirish .

Har bir o`quvchini bajargan ishlari tekshiriladi va baholanadi

Yangi mavzu:Trapetsiyaning yuzi.

Teorema: Trapetsiyaning yuzi uning asoslari yig`indisining yarmi bilan balandligining ko`paytmasiga teng.

Isboti:

Str = SABC + SADC =

Yani: Str = ( a+b) * h

Bu teoremadan ushbu natijani aniqlash mumkin. Trapetsiyaning yuzi uning o`rta chizig`i bilan balandligining ko`paytmasiga teng.
Yani : Str = MN *h =
Yangi mavzuni mustahkamlash:

Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi 316-319 masalalar doskada guruh a`zolari bajaradilar

Dars xulosalash va yakunlash: dars o`qituvchi tomonidan xulosalanadi darsda faol o`quvchilar baholanadi va uyga vazifa beriladi.

Uyga vazifa: “Trapetsiyani yuzi”mavzusini o’qib o’rganish

323,324- masalalar 86-bet

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 8-sinfi uchun geometriya fanidan darslik. A.A Rahimqoriyev , M.A To`xtaxo`jayeva

  2. Qo`llanma 8-sinf uchhun — B.Xo`jayev, F.Bahromov

  3. ,,Yosh matematika” qomusiy lug`ati – professor A.Azamov taxriri asosida nashridan

  4. ,,Uzluksiz ta`lim” jurnali —2002

Легко учиться!